Ergash Akramov
Akramov Ergash Akromovich | |
---|---|
Tavalludi |
5-iyul 1931-yil Toshkent, O'zbekiston |
Vafoti |
? |
Fuqaroligi | UZB |
Millati | O'zbek |
Sohasi | Moliya, Iqtisod |
Mashhur ishlari |
Iqtisodiy taraqqiyotning „O‘zbek modeli“ amalda", Prinsipi „Uzbekskoy modeli“ ekonomicheskogo progressa , Korxonalarning moliyaviy holati tahlidi[1] |
Mukofotlari |
Ergash Akramov Akromovich — (1931-yil 5-iyulda Toshkent shahri) iqtisod fanlari doktori, professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi.
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Akramov Ergash Akromovich 1931-yil 5-iyulda Toshkent shahridagi ishchi oilasida dunyoga kelgan. 1946-1949-yillarda Toshkent moliya-kredit texnikumi talabasi, keyinchalik Leningrad Moliya-iqtisod institutining Pedagogika fakultetini tugatgan. 1953-1956-yillarda mazkur institutning statistika kafedrasi aspiranturasida tahsil olgan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1976-1981-yillarda Toshkent xalq xo‘jaligi instituti (hozirgi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti) statistika kafedrasi dotsenti, kafedra mudiri va ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori lavozimlarida faoliyat olib borgan.
- 1981-1984-yillarda O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus talim vazirligi davlat inspeksiyasi bo‘limi boshlig‘i;
- 1984-1990-yillarda Toshkent oliy partiya maktabi kafedra mudiri lavozimida ishlagan.
Professor Akramov ilmiy-pedagogik faoliyat bilan birga bir qatorda rahbarlik lavozimlarida ham faoliyat ko‘rsatgan.
- 1991-1992-yillarda Toshkent politologiya institutida kafedra mudiri;
- 1992-2002-yillarda Toshkent moliya instituti huzuridagi Moliya-bank xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash tarmoqlararo instituti kafedra mudiri;
- 2002-2004-yillarda Bank-moliya akademiyasi ilmiy markazi rahbari;
- 2004-2009-yillarda Toshkent moliya instituti huzuridagi Moliya-bank xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash tarmoqlararo instituti kafedra mudiri;
- 2009-yilda Toshkent moliya instituti huzuridagi Pedagogik mahorat maktabi direktori;
- 2010-2011-yillarda Toshkent moliya instituti „Moliyaviy tahlil“ kafedrasi professori;
- 2011-yildan institutning „Iqtisodiyot nazariyasi“ kafedrasi professori lavozimida faoliyat olib borgan.
Ilmiy merosi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Olim rahbarligida 40 dan ortiq fan nomzodi va fan doktorlari yetishib chiqqan. E.A.Akramov O‘zbekiston mustaqilligi davrida respublika taraqqiyotining „O‘zbek modeli“ (O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimovning asarlari asosida) muammolari va korxonalarning moliyaviy tahlili sohasida ilmiy tadqiqot ishlari olib borgan va konferensiyalarda 25 dan ortiq maʼruzalar qilgan. Respublika jurnallarida 20 dan ortiq ilmiy maqolalari chop etilgan.
Ilmiy asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Uzbekistan na puti k rinku: teoreticheskiye osnovi, usloviya i praktika perexoda“. T.,1993 g;
- Prinsipi „uzbekskoy modeli“ ekonomicheskogo progressa [2]
- Formirovanie „Uzbekskoy modeli“ ekonomicheskogo progressa [3]
- Iqtisodiy taraqqiyotning „O‘zbek modeli“ amalda". O‘quv qo‘llanma.T., 2011-yil [4].
- „Ekonomicheskie reformi v Respublike Uzbekistan“. Moskva, 1998 g[5];
- Институты народного хозяйства - Научно-исследовательская работа - Ташкент Акрамов, Эргаш Акрамович[6].
Ilmiy unvonlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Professor Akramov:
- 1958-yilda iqtisod fanlari nomzodi;
- 1960-yilda dotsent;
- 1976-yilda iqtisod fanlari doktori, professor darajasini olgan.
- 1981-yilda unga O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi faxriy unvoni;
- 2010-yilda ANTIQVE WORLD xalqaro fanlar akademiyasining akademigi unvoni berilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Korxonalarning moliyaviy holati tahlili. Akramov E.A.pdf
- ↑ Prinsipi „uzbekskoy modeli“ ekonomicheskogo progressa, „Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar“ ilmiy elektron jurnali. № 5, sentyabr-oktabr, 2016 yil
- ↑ Formirovanie „Uzbekskoy modeli“ ekonomicheskogo progressa „Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar“ ilmiy elektron jurnali. № 5, sentyabr-oktabr, 2016 yil
- ↑ Islom Karimov — taraqqiyotning "o‘zbek modeli[sayt ishlamaydi]
- ↑ ЭКОНОМИЧЕСКИЕ РЕФОРМЫ В РЕСПУБЛИКЕ УЗБЕКИСТАН, ВНЕШНЕЭКОНОМИЧЕСКАЯ СФЕРА
- ↑ Ташкентский институт народного хозяйства в развитии науки Узбекистана / Э. Акрамов. - Ташкент : Узбекистан, 1981. - 95 с. : ил., 2 л. ил.; 20 см.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Akramov, Ergash Akramovich — Tashkentskiy institut narodnogo xozyaystva v razvitii nauki Uzbekistana reformi v Uzbekistane: dostijeniya, problemi, perspektivi[sayt ishlamaydi]